23 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -3,2 °C

Sport
7 Fevral  2019 2049

Terma jamoamiz FIFA reytingida yuqoriladi

FIFA fevral oyi uchun milliy terma jamoalarning yangi reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra O‘zbekiston milliy terma jamoasi yangi reytingda 89-pog‘onadan joy oldi.

Avvalgi reytingga nisbatan terma jamoamiz 6 pog‘ona yuqorilaganini ta’kidlab o‘tish zarur. Osiyo bo‘yicha esa O‘zbekiston milliy terma jamoasi 12-pog‘onada bormoqda

Eron terma jamoasi hamon Osiyo bo‘yicha 1-pog‘onada bormoqda. Forslar umumiy jadvalda 22-o‘rinda borishmoqda. FIFA reytingini 1727 ochko jamg‘argan Belgiya terma jamoasi boshqarib turibdi. Amaldagi jahon chempioni Fransiya 2-o‘rinda, Braziliya esa 3-pog‘onada bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi yanvar oyida BAAda bo‘lib o‘tgan Osiyo Kubogida 4ta o‘yin o‘tkazib, 2ta g‘alaba (Ummon, Turkmaniston), 1ta mag‘lubiyat (Yaponiya) va 1ta durang (Avstraliya) qayd etdi. Nimchorak finalda Avstraliyaga qarshi 120 daqiqa 0:0 hisobi qayd etilib, faqat penaltilar seriyasiga ko‘ra mag‘lubiyatga uchragandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech