23 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31,7 °C

Transport
6 Avgust  2019 390

Termiz shahriga zamonaviy avtobuslar olib kelinadi

Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari Alisher Amirov boshchiligidagi delegatsiya tomonlar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, istiqbolli loyihalar bo‘yicha muzokaralar olib borish maqsadida shu kunlarda Xitoy Xalq Respublikasining Szyansu provinsiyasida bo‘lib turibdi, deb xabar qila viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Tashrif doirasida vakillarimiz Yanchjou shahrida maxsus texnikalar, shahar va shaharlararo avtobuslarni ishlab chiqaruvchi “Asiastar” kompaniyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Bugungi kunda “Asiastar” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan zamonaviy avtomobillar, avtobus va mikroavtobuslar ichki va tashqi bozorda ancha xaridorgir. Ushbu avtobuslarda haydovchi va yo‘lovchilar uchun maksimal darajada barcha qulayliklar yaratilgan. Yumshoq o‘rindiqlar, konditsioner, salondagi iqlim nazorati, xavfsizlik tizimlari shular jumlasidandir.

Kompaniya direktori Wu Yongsong, boshqaruvchisi Shen Dehua, Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori Xing Chen va boshqa mutasaddilar bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida kompaniyada ishlab chiqarilgan avtobus va mikroavtobuslarni sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Xitoydan olib kelinadigan bu zamonaviy avtobuslar Termiz shahrida transport xizmati sifatini oshirish, aholiga zamonaviy xizmat turlarini ko‘rsatish imkonin beradi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech