30 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,4 °C

Transport
18 May  2020 353

Test topshirish bekor qilindi

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan temir yoʻl qatnovi uchun koronavirus infeksiyasiga test topshirish talabi belgilangan edi.

Xabaringiz bor, karantin davrida fuqarolar uchun yana-da qulay sharoitlar yaratish maqsadida Respublika maxsus komissiyasi tomonidan xorijiy tajriba oʻrganilgan holda joriy yil 18-maydan Toshkent shahridan Nukus, Urganch, Termiz shaharlariga aviaqatnovlar (borish va qaytish) hamda Toshkent shahridan Navoiy, Buxoro, Qarshi shaharlariga “Afrosiyob” tezyurar poyezdi hamda Fargʻona vodiysiga temir yoʻl qatnovi (borish va qaytish) uchun koronavirus infeksiyasiga test topshirish talabi belgilangan edi.

Karantin sharoitida aholining iqtisodiy holatini eʼtiborga olib, shuningdek, harakatlanish vaqtida yoʻlovchilarning ijtimoiy masofa saqlashiga sharoit mavjudligini nazarda tutib, qolaversa, fuqarolarning hududlararo harakatlanishida ortiqcha noqulayliklar yuzaga kelishining oldini olish maqsadida Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ushbu talab bekor qilindi.

Endilikda yuqorida koʻrsatilgan reyslar boʻyicha harakatlanayotgan yoʻlovchilardan koronavirus infeksiyasiga test tahlillari olinganligi haqidagi maʼlumotnoma talab etilmaydi.

Shu bilan birga, avia va temir yoʻl qatnovlarini tashkil etishda barcha karantin qoidalariga amal qilish, shu jumladan, yoʻlovchilar sonini kamaytirish, dezinfeksiya qilish va boshqa sanitariya talablari soʻzsiz bajarilishi talab etiladi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech