02 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,8 °C

Salomatlik
17 Mart  2020 438

Tibbiy mahsulotlar narxi oshishiga chek qo‘yildi

Joriy yilning 16-mart kuni Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi «Ishonch telefoni»ga Yunusobod tumani A.Temur ko‘chasida joylashgan «Universam» savdo majmuasi oldidagi dorixonada bir martalik tibbiy niqob 2,5 ming so‘mdan, dorixona yaqinidagi yer osti o‘tish yo‘lida esa noma’lum fuqaro tomonidan 4 ming so‘mdan sotilayotganligi to‘g‘risida murojaat kelib tushdi.

Shuningdek, Chilonzor tumani Farhod ko‘chasida joylashgan «Respublika Shoshilinch tibbiy ilmiy» markazi ro‘parasidagi «Best» nomli dorixonada xaridorlarga bir martalik tibbiy niqob 3 ming so‘mdan sotilayotganligi xabar qilindi.

Mazkur holatlar yuzasidan Toshkent shahar davlat soliq xizmati xodimlari joyiga chiqqan holda sotuvchi va fuqarolar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazib, bu kabi holatlar takroran sodir etilgan taqdirda qonuniy choralar ko‘rilishi haqida batafsil tushuntirish berdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech