28 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23 °C

Xavfsizlik
1 Aprel  2020 390

Tibbiy niqobsiz yurgan 1327 nafar fuqaro maʼmuriy javobgarlikka tortiladi

Koronavirus COVID-2019 infeksiyasi bugun dolzarb masalaga aylangan. Respublikamiz viloyatlari qatori Namanganda ham epidimiologik vaziyatni yumshatish boʻyicha qatʼiy tartiblar belgilandi.

Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan shahar va tumanlarda mavsum boshidan bugungi kunga qadar tibbiy niqob taqmagan 1327 nafar shaxslarga nisbatan maʼmuriy bayonnoma qayd etildi.

31-mart, 1-aprel kunlari xolatiga 160 nafar namanganlik fuqarolarning niqob taqish qoidalarini buzganligi aniqlandi. Olib borilgan tadbir doirasida Namangan shahridan 42 nafar, Uychi tumanidan 20 ta, Kosonsoy va Chortoq tumanlaridan 18 nafar shaxs karantin tartibini buzib niqob taqmagan. Shuningdek, norinlik 3 nafar, yangiqoʻrgʻonlik, mingbuloqlik hamda Namangan tumanilik 5 nafar fuqarolarga yoʻl qoʻygan xatosi uchun maʼmuriy bayonnoma tuzildi.

Aziz vatandoshlar oʻz salomatligingizga, ota-onangiz, farzandlaringiz va kelajak hayotimizga befarq boʻlmasdan, karantin qoida hamda meʼyorlariga rioya qiling!

Ulugʻbek Roʻzimatov,
Namangan viloyati

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech