25 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,8 °C

Xavfsizlik
27 Aprel  2019 989

Tibbiyot birlashmasi rahbariyati 2,5 million so‘m pora bilan qo‘lga tushdi

Bosh prokuratura departamentining Surxondaryo viloyat boshqarmasi va DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Angor tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi N.X. pora bilan qo‘lga olingan, deb xabar bermoqda bosh prokuratura matbuot xizmati.

 

Gap shundaki, N.X. fuqaro O.B.ni yuqumli kasalliklar bo‘limiga kichik tibbiy xodim vazifasiga ishga qabul qilish evaziga birlashma kadrlar bo‘limi boshlig‘i N.S. orqali 2,5 mln. so‘mni pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan N.X. va N.S.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech