14 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,8 °C

Salomatlik
4 Oktyabr  2019 559

Tibbiyot xodimiga tajovuz uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ko‘magida “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi, deb xabar qiladi vazirlik matbuot xizmati.

Bunga sabab bemorlar va ularning yaqin qarindoshlari tomonidan tibbiyot xodimlariga g‘ayriqonuniy ravishda tajovuz qilinishi holatlari tez-tez uchrayotganidir. Ma'lumotlarga ko‘ra, 2018-2019-yillar davomida 400 dan ortiq holatlarda tibbiyot xodimlariga nisbatan zo‘ravonlik qilish, ularga tan jarohatlari yetkazish kabi noqonuniy harakatlar sodir etilgan.

Xabarda aytilishicha, turli vazirlik va idoralar bilan kelishishning o‘ta murakkab jarayoni uzoq va mashaqqatli mehnat talab etgan bo‘lsa-da, bu jarayon yakunlanib, joriy yilning 4 oktyabr kuni qonun loyihasi belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

Qonun loyihasining qabul qilinishi bilan bunday tajovuzlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini qo‘llash mumkin bo‘ladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech