10 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +3,5 °C

Xalqaro hamkorlik
20 Fevral  2020 1069

Timoti Torlot Farg‘onaga tashrif buyurdi

Farg‘onada viloyat hokimi Shuhrat G‘aniev Buyuk Britaniya birlashgan qirolligining O‘zbekistondagi elchisi janob Timoti Torlotni qabul qildi.    

 

Viloyat hokimi  2019-yilning o‘zida Farg‘ona viloyati bilan Buyuk Britaniya o‘rtasidagi o‘zaro tashqi savdo aylanmasi 1 million dollarni tashkil etganligi, bugungi kunda viloyatda Buyuk Britaniya kapitali ishtirokidagi faoliyat olib borayotgan 12 ta korxonada 2,5 mingdan ortiq ishchi xizmatchilar mehnat qilayotganligi alohida ta’kidlandi.

— Yevropa Ittifoqidan chiqqan Buyuk Britaniya birlashgan qirolligining O‘zbekiston, xususan Farg‘ona viloyati bilan har tomonlama hamkorligi ijobiy natija berishiga ishonchim komil, — deydi Timoti Torlot janoblari. — Farg‘ona xalqi sofdil va qalbi daryo ekan, — deydi Timoti Torlot janoblari. 

Uchrashuv chog‘ida 4 ta ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha: ta'lim, sog‘liqni saqlash, moliyaviy xizmatlar va raqamli iqtisodiyot hamda hunarmandchilik, turizmga oid loyihalarni amalga oshirish borasida o‘zaro fikr almashishdi, deb xabar beradi Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech