17 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,2 °C

Voqea-hodisalar
9 Sentyabr  2019 737

Timsohni g‘o‘la deb o‘ylagan ayol shifoxonaga tushdi

Amerikaning Florida shatatida alligator hujumidan so‘ng ayol shifoxonaga tushdi, deya xabar beradi WPEC nashri.

GPI kompaniyasi tahlilchisi Kelsi Pollak Evergleyds qo‘riqxonasi hududi shimolida ish olib borayotgan edi.  U Jaunbiy Florida suv resurslari boshqarmasi uchun suv havzalarini turli o‘tlar bosib ketishiga qarshi kurash uchun ma'lumotlar yig‘ayotgandi.

Baland qo‘njli rezina etik kiygan Pollak beligacha suvga tushgach, g‘o‘la deb o‘ylab, bexosdan alligatorni bosib olgan. Alligator esa uning oyog‘idan tishlagan. Biroq ayol bir amallab undan qutulib chiqib keta olgan. Hamkasbi esa darrov tez yordam mashinasini chaqirgan.

Shifoxonada Pollakka birinchi yordam ko‘rsatilgan va jarohati tozalanib, chok tushirilgan. Olingan jarohatning xayot uchun xavfli emasligi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyida Floridada sudralib yuruvchini kemaga tortib chiqarmoqchi bo‘lgan bir erkak kishini ham alligator tishlagandi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech