19 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,6 °C

Voqea-hodisalar
23 Sentyabr  2019 401

Tojikiston tog‘larida isroillik to‘rt sayyoh qutqarildi

Tog‘li Badaxshonda 4700 metr balandlikdan SOS falokat signali jo‘natgan to‘rt nafar isroillik sayyoh qutqarildi va operatsiyasi to‘rt kun davom etdi, deya RAA «Novosti»ga xabar bergan respublika Favqulodda vaziyatlar va fuqaro mudofaasi qo‘mitasi vakili Umida Yusufiy.


«O‘tgan chorshanba kuni FV va FMQ navbatchi qismiga Tog‘li Badaxshon avtonom viloyati Shugnan tumanida dengiz sathidan 4700 metr balandlikda isroillik to‘rt nafar sayyoh SOS falokat signalini bergani haqida xabar kelib tushdi, - deydi u. - Sayyohlarni qidirish ishlari Badaxshondagi FV va FMQ qutqaruv otryadi, shuningdek Og‘axon agentligining ko‘ngilli qutqaruvchilari tomonidan amalga oshirildi».

Yusufiy xonimning aytishicha, bunday balandlikka mashina va vertolyotlar bora olmaydi. Shu bois qutqaruvchilar otlar va maxsus jihozlardan foydalangan. 20 kilometr piyoda yurishib, ikki kundan so‘ng hodisa joyiga yetib borishgan. Sayyohlardan biri balandlik kasalligi (balandlik gipoksiyasi)dan aziyat chekuvchi 23 yoshli Ben Moshe Shayga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan va qutqaruv amaliyoti muvaffaqiyatli yakunlangan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech