24 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11,2 °C

Sport
24 Iyul  2019 644

Tokio Olimpiadasi medallarining taqdimoti o‘tkazildi

Bugun Tokio Olimpiadasining startiga roppa-rosa 1 yil qoldi. Yaponiya poytaxtida ushbu sana yuzasidan katta tadbir o‘tkazildi, deb xabar beradi MOQ matbuot xizmati.

Mazkur tadbirda Olimpiada tashkilotchilari bo‘lajak musobaqaga ko‘rilayotgan tayyorgarlik, olib borilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tishdi. Faxriy mehmonlar qatorida tashrif buyurgan Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax ham tashkiliy qo‘mitaning tayyorgarligiga yuqori baho berdi.

Shuningdek, tadbir davomida Tokio Olimpiadasi medallarining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.

Medallar bir qarashda sayqallanib nur taratayotgan toshlarni eslatadi. Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, ularining dizayni sportda raqobatlashayotgan, jo‘shib ishlayotgan odamlarni, ifodalaydi. Taralayotgan nur esa bir-birlarining qo‘llarini ushlab turgan butun dunyo odamlari va ularda aks etgan iliq do‘stlikni anglatadi.

Medallar diametri: 85 mm.

Vazni: 556 gramm (oltin), 550 gramm (kumush) va 450 gramm (bronza)

Tarkibi: oltin medal sof oltindan emas. Uni tayyorlash uchun kumush medalning ustiga 6 gramm oltin eritmasi quyiladi. Kumush medali sof kumushdan, bronza esa mis va rux moddalarining qo‘shilmasidan tayyorlanadi.

Dizayner: Junichi Kavanishi

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech