30 Mart 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,4 °C

Sport
9 Mart  2020 803

Tokio Olimpiadasi uchun jang davom etadi

Avval xabar qilinganidek, Iordaniya poytaxti Ummon shahrida boks bo‘yicha Tokio Olimpiadasiga litsenziya taqdim etiladigan turnir o‘tkazilmoqda,

Kecha, 8-mart kuni o‘tkazilgan bahslarda o‘zbekistonlik bokschilar Bobousmon Baturov, Sanjar Tursunov va Bahodir Jalolov raqiblarini mag‘lub etib Tokio yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Ringga ko‘tarilgan yana ikki hamyurtimiz – Fanat Qahramonov va Maftuna Melieva mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa-da, Fanat Qahramonovda Olimpiadaga borish imkoniyati saqlanib turibdi.

Musobaqaning yettinchi kuni doirasida yana 5 nafar bokschimiz Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasi uchun jang olib boradi, deb xabar beradi «Dunyo» AA.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech