22 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7 °C

Sport
29 Iyul  2019 516

Milliy olimpiya qo‘mitasi Tokio Olimpiadasiga rasmiy taklifnoma oldi

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Tokio shahrida o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun rasmiy taklifnoma oldi. Taklifnoma shaxsan Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax tomonidan jo‘natilgan, deb xabar beradi MOQ matbuot xizmati.

“Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasini 2020-yilning 24-iyulidan 9 avgustiga qadar Tokio shahri (Yaponiya)da bo‘lib o‘tadigan o‘ttiz ikkinchi yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishga taklif qilishni sharaf deb biladi.

Tomas Bax, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti”, – deya yoziladi mazkur taklifnomada.

Ta'kidlash joiz, XOQ navbatdagi Olimpiadaga 1 yil qolganidan so‘ng tashkilotga a'zo mamlakat milliy ko‘mitalariga rasmiy taklifnomalar jo‘natadi. Ayni paytda XOQ tarkibiga 206 mamlakat a'zo.

Shu paytga kelib terma jamoamizdan tennischimiz Denis Istomin hamda velosportda Olga Zabelinskaya Tokio Olimpiadasi, o‘q otishda Server Ibragimov esa Paralimpiya o‘yinlari uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech