20 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,8 °C

Agrosеktor
13 Mart  2019 4066

Ko‘rgazmada faqat eng yaxshilari namoyish etilmoqda

Poytaxtimizdagi «O‘zekspomarkaz» Milliy ko‘rgazma kompaniyasida soha hodisalaridan eng yirigi bo‘lgan «Qishloq xo‘jaligi - AgroWorld Uzbekistan 2019», deb nomlangan 14 - Xalqaro ko‘rgazma ish boshladi.

 

Mana, o‘n to‘rt yildirki, ko‘rgazma qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi ilg‘or ishlanmalar namoyish qilinadigan, ish aloqalari o‘rnatiladigan, tarmoqni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadigan ulkan maydoniga aylangan.

Ko‘rgazmada dunyoning 20 davlatidan tashrif buyurgan 150 kompaniya ishtirok etmoqda. Turkiyaning yirik milliy stendidan 60 ishlab chiqaruvchi va uskunalar yetkazib beruvchilar o‘rin olgan.

Bu yerda shuningdek, chorvachilik va parrandachilik, issiqxonalar, meva-sabzavotlar, don mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash uskunalari, turli texnikalar, agrokimyo, yem-ozuqa, qo‘shimchalar va boshqa ko‘plab mahsulotlarni ko‘rish mumkin.

Janubiy Koreyaning mahalliy koreys xonaki tovuqlardan naslli jo‘jalar yetishtirishga ixtisoslashgan «Hanhyup Breeder» kompaniyasi taklif etgan loyiha ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otdi. Mazkur loyihaga ko‘ra, tovuqlar juda tez semiradi, tuxum berish mahsuldorligi yuqori va immun tizimi kuchli bo‘ladi.

Ko‘rgazma 15-martga qadar davom etadi.

Sanjar Yoqubov.

Muzaffar Abdullaev surati

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech