31 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29,6 °C

Dolzarb
12 May  2020 502

Tomsk migrantlarga muhtoj

Pandemiya paytida Tomskda migrantlarga talab oshmoqda.

Rossiyaning Tomsk viloyatida 6 mingdan ortiq chet elliklar rasmiy ish bilan taʼminlangan, koronavirus pandemiyasi davrida mingga yaqin yangi mehnat shartnomalari tuzilgan. Bu hududda migrantlar orasida ishsizlik oʻsmaganini anglatadi.

Viloyat rasmiylarining maʼlumotlariga koʻra, Rossiya Federatsiyasining boshqa hududlariga nisbatan Tomskda migrantlarning ishsiz qolish muammosi va buning oqibatida turli noqonuniy xatti-harakatlarga moyilligining ortishi xavfi yoʻq. Aksincha, chet ellik ishchilarga talab yuqori.

Hududdagi mehnat migrantlari asosan oʻrmon va qishloq xoʻjaligi, qayta ishlash sanoati va qurilish sohalarida ish bilan band.

Taʼkidlash joiz, 5-maydan patent asosida ishlovchi fuqarolar hujjatning amal qilish muddatini Rossiya Federatsiyasidan chiqmasdan bir necha bor uzaytirishi mumkin. Bundan tashqari, 15-martdan 15-iyungacha chet elliklar shaxsiy daromad soligʻini toʻlashi shart emas va bu davrda patentning amal qilish muddati oʻz kuchida qoladi, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech