26 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,5 °C

Salomatlik
24 May  2019 786

Dietologga eng yaxshi 6 savol

Sog‘lom turmush tarzini yuritish va yaxshi jismoniy formani saqlab qolish - bu vaqtdan tashqaridagi an'ana hisoblanadi. Biz ovqatlanish bo‘yicha murabbiy-maslahatchi Saida Mo‘ydinovaga qahva qanday zarar keltirishi mumkinligi, nima uchun 19:00 gacha ovqatlanish tavsiya etilishi va yana boshqa ko‘p narsalar haqidagi muhim savollarni berdik .

– Tez-tez va oz-ozdan ovqatlanish samara beradimi?

– Bo‘lib-bo‘lib ovqatlanish deganda kuniga besh-olti marta taom yeyish nazarda tutiladi. Agar tana kam-kamdan bo‘lsa-da, muntazam taomlanib tursa, modda almashinuvi jarayonlari yuqori darajada bo‘ladi, kaloriyalar yog‘larga aylanmaydi, mavjud yog‘ zaxiralari esa sekin-asta sarflanib ketadi. Bu nafaqat ozishni, balki uzoq yillar davomida vaznini bir maromda saqlab turishni istaydiganlar uchun to‘g‘ri qaror. Eng muhimi, mutaxassisga murojaat qiling: u kunlik dasturni to‘g‘ri tuzishga yordam beradi.

– Nahorga shirinlik iste’mol qilish – semirib ketish xavfini yuzaga keltirmaydimi?

– Qon oqimiga kiruvchi barcha glyukozani insulin utilizatsiya qiladi. Ammo uni ishlab chiqish ko‘payib ketsa, yog‘larni parchalash jarayoni amalda to‘xtab qoladi. Agar och qoringa shirinlik yegan bo‘lsangiz, glyukoza tanadan tezda chiqariladi va bir muncha vaqt o‘tib, yana shirinlik yeyishni istab qolasiz va u yog‘i yopiq doira bo‘ylab harakatlanishga aylanadi. Qarabsizki, ortiqcha vazn paydo bo‘ladi, bundan tashqari, diabetga chalinish xavfi ham oshadi.

 – Kechqurun ovqat yemaslik kerakmi?

– Odatda taom hazm bo‘lishi uchun uch-to‘rt soat vaqt ketadi (barchasi mahsulot turiga bog‘liq). Shuning uchun, agar siz 19:00 ga qadar ovqatlangan bo‘lsangiz, taom taxminan 22:00 gacha to‘liq o‘zlashtiriladi, bu paytda ko‘pchilik uxlagani yotadi. Kechasi tana kaloriyalarni qayta ishlaydi, ya’ni yog‘larni yo‘qotadi, lekin faqat uyqu paytida oshqozon to‘la bo‘lmasa. Aksi bo‘lsa, ortiqcha vazn paydo qiladi.

– Gormonlar tana vazniga ta’sir qiladimi?

– Gormonal muvozanatning buzilishi va o‘zgarishi ortiqcha vazn paydo bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatadi. Agar tana stressni boshdan kechirayotgan bo‘lsa, u ishtahani rag‘batlantiradigan kortizol moddasini ishlab chiqaradi, shuningdek, tarkibida shakar bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan ehtiyojni yuzaga keltiradi. Ikkinchisi esa, qondagi qandni tana hujayralarga ko‘chirish uchun mas’ul insulin ishlab chiqarilishini oshiradi. Va bu qonda qand darajasining pasayishiga olib kelishi mumkin, bu esa kortizol ishlab chiqarilishiga turtki beradi. Natijada – ortiqcha vazn.

Tana vazniga ta’sir qiluvchi yana bir gormon mavjud - serotonin. Uning asosiy vazifasi miyaga to‘yganlik buyrug‘ini berish. Agar tanada serotonin darajasi past bo‘lsa, vazn yo‘qotish qiyin kechadi, shuningdek, inson energiya yetishmasligini his qiladi, kuchli ishtaha va uglevodlarga bo‘lgan ehtiyoj paydo bo‘ladi.

Grelin gormoni ham vaznga ta’sir qiladi. Uning vazifasi - och ekaningizni bildirish. Agar u juda ko‘p miqdorda ishlab chiqarilsa, kuchli ishtaha uyg‘otadi.

– Qahva zararli emasmi?

– Mazkur ichimlik tarkibida kofein miqdori 1500 mg/l. gacha bo‘ladi. Bunday psixostimulyator asab tizimi tonusiga ta’sir ko‘rsatadi, qon bosimini oshiradi. Tegishli dozada kofein harakat faolligini oshiradi. Qahva ichganingizda charchoqning tarqaganini va endi uyqu eltmay qo‘yganini, jismoniy va aqliy qobiliyatlar ishchanligi oshganini his etasiz. Kofeinning ta’siri bir necha soat davom etadi va keyin odam baribir charchoqni his etadi. Yodda tuting: ichimlikni cheklanmagan dozalarda muntazam iste’mol qilish (kuniga besh finjondan ziyod) asab hujayralarining toliqib, ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.

– Yog‘siz ovqat xipchalashishga yordam beradimi?

– Aslida bunday emas. Uzoq vaqt davomida yog‘li taomlar iste’moli salomatlik uchun zararli va semizlikka olib keladi va undagi xolesterin - aterosklerotik toshmalar toshishining asosiy sababchisi, deb hisoblanardi. Ammo so‘nggi tadqiqotlar yog‘siz parhyezlar ham sog‘liq uchun xavfli bo‘lishi mumkinligini, shakar va rafinadlangan uglevodlarni ortiqcha iste’mol qilish esa yurak-qon tomir kasalliklari, semizlik va qand kasalligi paydo bo‘lishiga olib kelishini ko‘rsatdi.

Yuliya Reznikova tayyorladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech