20 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +1,9 °C

Mamlakatimizda
7 Dekabr  2019 676

To‘ra Bobolov temir yo‘l atrofidagi obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi

Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov Termizdan Sariosiyo stansiyasigacha bo‘lgan 180 kilometrlik temir yo‘l atroflarini ko‘zdan kechirib, bu yerdagi obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi, deb xabar qiladi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Viloyat hokimiga tegishli tumanlar hokimlari, mutasaddi idoralar rahbarlari hamrohlik qilishdi.

To‘ra Bobolov temir yo‘l atrofidagi yerlarni tozalab, saranjom-sarishta qilish va bu hududni ko‘rganda ko‘zlarni quvnatuvchi holatga keltirish lozimligi haqida mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berdi. 

Shuningdek, temir yo‘l atrofida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va aholi yashash uylari holati ham ko‘zdan kechirilib, ushbu binolarni tartibga keltirish zarurligi ta'kidlandi va ularning tashqi ko‘rinishini zamonaviy holatda ta'mirlash vazifalari topshirildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech