17 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,2 °C

Xavfsizlik
4 Sentyabr  2019 372

To‘raqo‘rg‘ondagi YTHda ikki kishi vafot etdi

3-sentabr kuni soat 01:30larda Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida “Lacetti” avtomobili ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar beradi IIV matbuot xizmati.

Aniqlanishicha, Kosonsoy tumanida yashagan 31 yoshli Sh.N.o‘z boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtomashinani To‘raqo‘rg‘on tumanidan o‘tuvchi “Pungon-Namangan” yo‘lining 69-km.da haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilgan.

Natijada haydovchi Sh.N. va avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan, “Obod” mahallasida yashagan 31 yoshli O.A. hamda “Movarounnaxr” mahallasida yashovchi 27 yoshli B.N.lar jarohat olib kasalxonaga yotqizilganlar, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay haydovchi Sh.N. va O.A.lar shu yerda vafot etgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech