01 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,5 °C

Mamlakatimizda
23 Mart  2020 497

Nooziq-ovqat bozorlari yopiladi

2020-yil 24-martdan boshlab Toshkent shahridagi barcha buyum, qurilish materiallari, avtomobil sotuvi, maishiy-texnika, ikkilamchi buyumlar bozorlari va mulkchilikdan qat’iy nazar barcha savdo komplekslari faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi.

Faqatgina dehqon bozorlari, supermarketlar, oziq-ovqat do‘konlari, shifoxonalar, poliklinikalar, dorixonalar faoliyati to‘xtatilmaydi, ular avvalgi tartibda ishlashni davom ettiradi.

Umumiy ovqatlanish muassasalariga yopiq holatda, ya’ni mijozlarni qabul qilmasdan, faqat taomlarni yetkazib berish bilan shug‘ullanadi. Bu yo‘nalishda faoliyat yurituvchi tadbirkorlarga taom yetkazib berish xizmatlarini rivojlantirish tavsiya etiladi.

Eslatib o‘tamiz karantin talablarini buzganlik uchun qonunda belgilangan choralar ko‘riladi, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech