15 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,5 °C

Salomatlik
3 Iyul  2020 457

Toʻrt egizak bola dunyoga keldi

Namanganda toʻrt egizak chaqaloqlar dunyoga keldi, ularning barchasi oʻgʻil.

Namangan viloyati Pop tumanida Hozirovlar oilasida bir yoʻla 4 nafar egizak dunyoga keldi. Ularning otasi Bahodir Hozirov 31 yoshda, onasi Madina Ikramova 30 yoshda.

– Onaga tugʻruq jarayoniga qadar zamonaviy perinatal texnologiyalar boʻyicha barcha zamonaviy yordam koʻrsatildi, – deydi viloyat perinatal marazi direktori Iroda Muhitdinova. – Tajribalar shifokorlarimiz bilan tugʻruq rejasini tuzib oldik. Tugʻruq jarayoni uchun barcha zarur hozirlik koʻrildi. Har bir bolaga toʻliq tibbiy yordam koʻrsatish uchun alohida mutaxassislar va apparatlar tayyorlandi. Natijada murakkab amaliyot samarali yakuniga yetkazildi.

Shunday qilib, 1-bola 902 gramm, 2-bola 1360 gramm, 3-bola 1701 gramm, 4-bola esa 1400 gramm vaznda dunyoga kelgan.

Ayni paytda onaning ham, chaqaloqlarning ham ahvoli yaxshi, markaz shifokorlari tomonidan malakali tibbiy xizmat koʻrsatilyapti, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech