25 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,8 °C

Mamlakatimizda
4 Mart  2019 1113

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektoriga xorijlik maslahatchi tayinlandi

Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti dekani Sirelchuk Igor Nikolaevich TATU rektori maslahatchisi etib tayinlandi.  Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

 

Texnika fanlari nomzodi, dotsent Sirelchuk Igor Nikolaevich 2019-yilning 1-martidan TATU rektori maslahatchisi lavozimida ish boshladi.

Igor Sirelchuk 1985-1990-yilda Minsk radiotexnika oliygohini tamomlagan. 2017-yildan hozirgi kunga qadar Belarus davlat informatika va radioelektronika universitetida dekan lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech