15 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,9 °C

Mamlakatimizda
17 Aprel  2019 1176

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi OAVga murojat qildi

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bir qator internet nashrlari orqali “poytaxt IIBB tomonidan Toshkentda “O‘lmas polk” aksiyasining tashkiliy ishlarida baholi qudrat yordam ko‘rsatishi” to‘g‘risidagi tekshirilmagan ma’lumot tarqatilgan.

Shu boiz poytaxt IIBB quyidagilarni ma’lum qiladi:

Toshkent shahar IIBB boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda belgilangan rejaga muvofiq barcha bayramlar vaqtida jamoat xavfsizligini ta’minlaydi.

Yurtimizda 9-may kuni nishonlanadigan xotira va qadrlash kuni rasmiy bayram hisoblanib, bu kunda ham IIBBning shaxsiy tarkibi shahar bo‘ylab xizmat olib boradi. Shu bilan bir qatorda, xotira komplekslarida gulchambarlar qo‘yish marosimlari o‘tkaziladi.

Bugungi kunda IIBB matbuot-xizmati hokimiyatning Toshkent shahrida “O‘lmas polk” aksiyasi o‘tkazilishi to‘g‘risidagi ruxsati haqida ma’lumotga ega emas.

15-aprel kuni o‘tkazilgan sayyor qabul vaqtida qabulga “shaxsiy masalalar bo‘yicha” yozilgan Toshkent shahrida yashovchi Timur Ismoilov ushbu aksiya haqidagi savoliga yuqoridagi kabi javob olgan. 

Hurmatli OAV xodimlari, uchinchi shaxslardan xabar olgan holatingizda ma’lumotlarni Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatida aniqlashtiring, deyiladi xabarda. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech