06 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,8 °C

Ijtimoiy hayot
12 Dekabr  2019 1058

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan ko‘chada qolgan ayollarga yordam ko‘rsatildi

Samarqandlik 47 yoshli Gulbahor (ismlar o‘zgartirilgan) kechki payt avtobus bekatida Chilonzor tumani IIO FMB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha profilaktika inspektorlarining e'tiborini tortgan, deb xabar qiladi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Sovqotib qolgan Gulbahorga ichki ishlar bo‘limida avval issiq choy berilib, so‘ng shaxsi aniqlangan va poytaxtga kimning oldiga kelgani va nima uchun ko‘chadi tunashga majbur bo‘lgani haqida so‘rashgan. Gulbahorning gaplariga qaraganda, u Toshkentga uy-joy masalasini hal qilish uchun kelgan, bu yerda qarindoshlari yo‘qligi sababli jamoat transporti bekatida qolishga majbur bo‘lgan.

Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha profilaktika inspektorlari Gulbahorni Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markaziga olib borib, u yerda uni vaqtinchalik boshpana, oziq-ovqat va barcha zarur narsalar bilan ta'minlashdi. So‘ng xodimlar Samarqand viloyati IIBdagi hamkasblari bilan bog‘lanib, ularga Gulbahorning muammosini ma'lum qilishdi. Holatni atroflicha o‘rganish va muammoni hal qilish maqsadida Samarqand viloyati IIBga zarur hujjatlar jo‘natildi.

Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha profilaktika inspektorlari yordamga muhtoj bo‘lgan yana bir ayolni Chilonzor tumanidagi bozor yonida tilanchilik qilayotganini ko‘rib qolishadi. Samarqandlik 57 yoshli Mastura X.ning aytishicha, turmush o‘rtog‘ining vafotidan so‘ng, uning qarindoshlari ayolni farzandlari bilan ko‘chaga haydab yuborishgan. Yaqinda esa o‘g‘li ham olamdan o‘tgan ekan. Mastura X.ning holatini o‘rganish maqsadida Samarqand viloyati IIBga tegishli hujjatlar yo‘naltirildi, ayolning o‘zini esa vaqtinchalik Toshkent shahar IIBB Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markaziga joylashtirishdi.

Qirq yoshli Manzura opa va uning voyaga yetmagan 10 yoshli qizi Nazokat poytaxtga Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanidan kelishgan. Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha profilaktika inspektorlari uni ham Chilonzor tumani bozori yonida tilanchilik qilayotganini ko‘rib qolishadi. Ayolni ko‘chada farzandi bilan yurishiga va tilanchilik qilishigan nima sabab bo‘lgani haqidagi savolga, Manzura opa oilasi qiyin ahvolda ekanini, turmush o‘rtog‘i nogironligi, ikki nafar farzandi bilan oilasini boqish kerakligini aytgan. Manzura opaning sharoitini o‘rganish maqsadida Chilonzor tumani IIO FMB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha profilaktika inspektorlari Toshkent viloyati IIBBdagi hamkasblariga tegishli hujjatlarni yo‘naltirgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech