09 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +0,2 °C

Mamlakatimizda
14 Fevral  2019 1765

Toshkent shahrida ilk bor piyodalar o‘tish joyiga yangi konstruksiya o‘rnatildi

Amir Temur ko‘chasining Moliya instituti oldidagi piyodalar o‘tish joyi yangi ko‘rinishga ega bo‘ldi, deb yozmoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Ushbu piyodalar o‘tish joyiga yangi konstruksiya o‘rnatildi. Unga miltillovchi sariq ishorali svetofor, tunda aniq ko‘rinishi uchun yorug‘lik diodli yo‘l belgilari o‘rnatildi. Shuningdek, piyodalar o‘tish joyining yoritilishini kuchaytirish uchun qo‘shimcha chiroqlar joylashtirildi.

Ma’lumot uchun, bunday konstruksiya respublikamizda xususan, Toshkent shahrida ilk bor  tatbiq etilmoqda. Mazkur qulaylik hududda harakat xavfsizligi faoliyatini yaxshilashga xizmat qiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech