10 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29,8 °C

Mamlakatimizda
18 Iyun  2020 1587

Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan boshqa hududda yashovchilar qancha uy sotib oldi?

Propiska tizimini isloh qilish boʻyicha Prezident Farmoniga koʻra, 2020-yil 1-apreldan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida propiskasi boʻlmagan fuqarolar ham koʻchmas mulk sotib olish imkoniyatiga ega boʻldi.

Bu imkoniyatdan oʻtgan 70 kunda foydalangan fuqarorlar Toshkent shahridan 12 799 ta, Toshkent viloyatidan esa 2 052 ta uy-joy oldi-sotdi bitimlarini notarial idoralarda rasmiylashtirishdi.

Qayd etish kerakki, notarial idoralar tomonidan ushbu davrda bu hududlarda jami rasmiylashtirilgan uy-joy oldi-sotdi bitimlarining deyarli 70 foizini aynan, propiskasi boshqa hududlarda boʻlgan fuqarolar ishtirokidagi bitimlarga toʻgʻri keladi.

20 yildan ortiq amalda boʻlgan, Toshkentdan uy sotib olishdagi toʻsiqlarning olib tashlanishi fuqarolarning uy-joyga ega boʻlishida yuzaga kelgan turli muammolarini ham barham topishiga xizmat qildi.

Xususan, koʻplab fuqarolar uyni Toshkentda propiskasi boʻlgan tanishi nomiga rasmiylashtirib, keyin “oʻz uyida ijarachi” boʻlib yashashga majbur boʻlganligi ham sir emas. Farmon qabul qilinishi bilan yaratilgan imkoniyatdan birinchi navbatda shunday fuqarolar foydalanib, uylarini oʻz nomiga rasmiylashtirishdi.

Shubhasiz, qabul qilingan Farmon fuqarolarimizning erkin koʻchib yurish va uy-joyga ega boʻlish kabi muhim huquqlari kafolatini taʼminlashda tub burilish yasadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech