15 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,8 °C

Mamlakatimizda
5 Noyabr  2019 312

Toshkent teleminorasiga pasport bilan kirish tartibi bekor qilinishi mumkin

Xabaringiz bor, Toshkent teleminorasi strategik ahamiyatga ega ob'ekt bo‘lganligi bois bu yerga shaxsni tasdiqlovchi hujjat orqali kiritiladi. Boshqa hollarda esa teleminora go‘zalligini faqat tashqaridan kuzatish mumkin.

Toshkent teleminorasi ma'muriyatining ma'lum qilishicha, tez orada ushbu maskanga shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kirish tartibi bekor qilinishi rejalashtirilmoqda.
Umid qilamizki, buning natijasida Toshkent teleminorasiga keluvchi mahalliy va xorijiy turistlar yanada ortadi.

Ma'lumot uchun: Toshkent teleminorasi balandligi bo‘yicha jahonning 200 dan ortiq minoralari orasida 11-o‘rinni egallaydi. Teleko‘rsatuvlar ko‘lamining kengayishi munosabati bilan kuchli radio-televizion uzatish stansiyasi qurilishiga ehtiyoj paydo bo‘lganligi sababli Bo‘zsuv kanalining o‘ng sohilida 1978–85 yillarda mazkur inshoot bunyod etilgan.

Toshkent teleminorasi 3 ta konussimon tirgakka o‘rnatilgan. Undan Butunjahon buyuk minoralar federatsiyasiga bag‘ishlangan muzey, «Koinot» restoranining «Alvon» va «Moviy» zallari, kuzatuv maydonchalari o‘rin olgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech