13 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +3,4 °C

Salomatlik
8 Noyabr  2019 306

Toshkent tibbiyot akademiyasi AQShning nufuzli markazi bilan memorandum imzoladi

7-noyabr kuni Toshkent tibbiyot akademiyasida AQShning Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC) bilan memorandum imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qiladi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi matbuot xizmati.

 

Tadbirda AQShning mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi janob Deniel Rozenblyum ishtirok etdi.

Mazkur memorandum TTAga tibbiy ta'lim va tadqiqotlar sohasida AQShning yetakchi universitetlari va tibbiy markazlari bilan hamkorlikni kengaytirish, CDC ko‘magida eng yaxshi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik  o‘rnatish imkonini beradi.

Qolaversa, AQSh yetakchi markazi bilan hamkorlik natijasida ilg‘or xalqaro standartlar talabiga javob beruvchi ilmiy asoslangan ta'lim modullari va fanlarni ishlab chiqish orqali yangi ta'lim dasturlarini yaratish va mavjudlarini takomillashtirish mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari AQShning yuqori impakt-faktorga ega nufuzli ilmiy jurnallarida TTAning professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari, doktorant va talabalarining  maqolalarini  nashr etish mexanizmlarini shlab chiqiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech