18 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +16,6 °C

Transport
15 Avgust  2019 261

Toshkent viloyati markazi bilan bog‘lovchi yangi avtobus yo‘nalishi ochildi

9-avgust kunidan Toshkent viloyati transport boshqarmasi hamda “ONLINE AVTOLIDER” MChJning tashabbusi bilan “Gulbahor shaharchasi-Nurafshon AShB” shaharlararo (viloyat ichi) avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yildi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.

Ushbu yo‘nalishda 3 ta harakat jadvali asosida Isuzu NP 37 rusumli avtobus biriktirilib, ular viloyat markazidan 57.6 km olisda joylashgan Yangiyo‘l tumanining “Gulbahor” qo‘rg‘oni  hududini Nurafshon shahri bilan bog‘laydi.

Mazkur yo‘nalish bo‘yicha xizmat ko‘rsatadigan avtobuslar har kuni texnik ko‘rikdan, haydovchilar esa tibbiy ko‘rikdan o‘tganlaridan so‘ng, yo‘l varaqasi berilib, qatnovga ruxsat beriladi. Yo‘nalishdagi avtobuslar bir kunda umumiy 6 ta qatnovni amalga oshiradi. Yo‘nalishda harakatlanish vaqti soat 07-00 da boshlanib, soat 19-00 gacha davom etadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech