25 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,2 °C

Hukumat
3 Iyun  2019 939
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

Toshkent viloyati uchun 784 ta investitsiya loyihasidan iborat yangi dastur shakllantirilgan

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati iqtisodiyotini rivojlantirish, yangi korxonalar va ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha dolzarb vazifalarni belgilab berdi. 

2019-2020-yillar uchun umumiy qiymati 39 trillion 833 milliard so‘m (4,7 milliard dollar) bo‘lgan 784 ta investitsiya loyihasidan iborat yangi hududiy dastur shakllantirilgani qayd etildi. Ularning 15 tasi davlat ahamiyatiga ega yirik loyiha bo‘lsa, 769 tasi xususiy biznes va investorlar ishtirokida amalga oshiriladi. 

Ro‘yxatdan o‘tgan kichik biznes sub’ektlarining 17 foizi ishlamayotgani, Angren shahri va Chinoz tumanida bu ko‘rsatkich 30-33 foizni tashkil etishi tanqid qilindi. Ularning faoliyatini tiklash, o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan oilalarga «Har bir oila – tadbirkor» dasturi doirasida joriy yilda 350 milliard so‘m imtiyozli kreditlar ajratish bo‘yicha topshiriq berildi. Talab bo‘lsa, yana qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi.

– Nima uchun oilaviy tadbirkorlik, uylarda parrandachilik, chorvachilik, tomorqachilik bo‘lsin deyapmiz. Odamlarning daromadi oshishi, to‘lov qobiliyati yuqori bo‘lishi kerak, – dedi davlatimiz rahbari.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech