05 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,8 °C

investitsiyalar
14 Fevral  2020 2050

Toshkent Xalqaro investitsion forumi qizg‘in muhokamada

2020-yil 13-fevralida O‘zbekistonning Malayziyadagi Elchixonasi Malayziyaning Eksimbanki, Tashqi savdoni riavojlantirish bo‘yicha Malayziya korporatsiyasi va Malayziya-O‘zbek Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda Kuala-Lumpur shahrida yaqinda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Toshkent Xalqaro investitsion forumiga bag‘ishlangan brifing o‘tkazdi.

Brifing qatnashchilari e’tibori TXIFning maqsadi, uning ahamiyati, ilg‘or g‘oyalarni moliyalashtirishda hamkorlik qiluvi chet el hamkorlarni aniqlab olish, yangi bozorlarga chiqish, hamda mamlakatda ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar eksportini tashkillashtirish muhmligiga qaratildi.
Eksimbank direktori Nazri Abdul Rahim o‘zining so‘zida bu borada O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishdan manfaatdorligi izhor qildi. U shuningdek, respublikaning xususiy sektorini imtiyozli kredit bilan ta'minlash masalasini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi.
Malayziya-O‘zbek Savdo-sanoat palatasi rasi Radj Durayradjning fikricha, O‘zbekiston Markaziy Osiyo iqtisodining rivojlanishida muhim ro o‘ynaydi. Uning boy xomashyo bazasi, soliq va bojxona imtiyozlari, hamda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni MDH davlatlariga to‘siqsiz eksport qilish imkoniyati Malayziyaning industrial korxonalari uchun keng imoniyat eshigini ochadi.
Shu narsa ham ta'kidlandiki, bugunga qadar TXIFda ishtirok etish uchun 20 dan ortiq Malayziya korxonalari va tashkilotlari ro‘yxatdan o‘tgan.
Tadbir davomida ximiya va elektrotexnika sanoatida, ta‘lim, logistika, shuningdek, TXIF doirasida banklararo hamokrlik bo‘yicha loyihalarni imzolash bo‘yicha aniq bitimlar tuzildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech