17 Fevral 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +1,6 °C

Mamlakatimizda
30 Yanvar  2019 3097

Toshkentda 1-fevraldan “Ice City” sport-ko‘ngilochar maskani ish boshlaydi

Kecha 29-yanvar kuni poytaxtimizdagi “Ice City” sport-ko‘ngilochar maskani ochilishi oldidan media-tur bo‘lib o‘tdi.

Yangi qurib bitkazilgan “Ice City” sport-ko‘ngilochar maskani hamyurtlarimiz uchun qish faslining haqiqiy zavqini his qilish imkonini beradi. Ushbu muz shaharchasida nafaqat qishki sport turlari (xokkey va figurali uchish) bilan shug‘ullanish, balki miriqib hordiq chiqarish mumkin. Kichik yoshdagi bolalar uchun maxsus qorli maydonchalar ham qurilgan.

O‘smirlar va balog‘atga yetgan yoshlarimiz esa maxsus Viking River suvli yo‘lakchasida o‘zlarining haqiqiy dengizchilar, vikinglardek his qilishi mumkin. Qolaversa, maxsus dor yo‘lak bo‘ylab va havo sharida tomosha qilish imkoni mavjud.

Ta'kidlash joiz, maskan yil davomida aholiga xizmat ko‘rsatadi. Majmuaning o‘rtacha harorati +18 daraja bo‘lib, dam olishga kelganlar isib ham ketmaydi, sovqotib ham qolmaydi.

Ushbu maskanning rasmiy ochilish marosimi 1 fevralga mo‘ljallangan. “Ice City” sport-ko‘ngilochar maskani har kuni kunduzgi soat 10:00 dan kechki 22:00 gacha xizmat ko‘rsatadi.

Ushbu maskanga kirish uchun avval depozit hisobiga 100 ming so‘m to‘lanadi. Har bir atraksion 5 ming so‘mdan 25 ming so‘mgacha bo‘lgan mablag‘ni depozitdagi hisobdan yechib oladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech