18 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,1 °C

Sport
13 May  2019 566

Toshkentda bahodirlar o‘yinlari va tosh ko‘tarish bo‘yicha musobaqa bo‘ladi

18-may kuni poytaxtimizda Bahodirlar o‘yinlari va tosh ko‘tarish bo‘yicha Toshkent shahar ochiq chempionati o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Musobaqa 18-may kuni soat 13:00da Xalqlar do‘stligi maydonida boshlanadi. Unda Toshkent shahri va barcha viloyatlarning polvonlari og‘ir yuklamalarni qisqa fursatda va ko‘p vaqt davomida ko‘tarib turish hamda yurish bo‘yicha bellashishadi. Shuningdek, musobaqa davomida ishtirokchilar 6 tonnalik avtobusni 20 metr masofaga kim tez yurgizish borasida ham o‘z kuch va imkoniyatlarini ko‘rsatishadi. Tadbir davomida tomoshabinlar o‘rtasida ham turli tanlovlar o‘tkaziladi.

Mazkur tadbirning maqsadi yoshlarni sportga, ayniqsa, uning ekstrimal turlariga bo‘lgan qiziqishini yanada orttirish, sportni aholi orasida keng targ‘ib qilishdir.

Ushbu sport musobaqasi Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Bahodirlar o‘yinlari va tosh ko‘tarish federatsiyasi hamda qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech