17 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,2 °C

Transport
4 Sentyabr  2019 350

Yaqin kunlarda Toshkentda elektrobus harakati yo‘lga qo‘yiladi

“Toshshahartransxizmat” AJ va Belarusning «Belkommunmash» kompaniyasi o‘rtasidagi o‘zaro memorandumga asosan poytaxt jamoat transporti harakat tarkibida elektrobuslarni sinov tariqasida yurgizish rejalashtirilgan edi. Shunga muvofiq bir dona ana shu turdagi transport vositasi Toshkent shahriga keltirildi, deb xabar beradi “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati.

Bunga qadar esa “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan elektrobusni yo‘nalishga chiqarish bilan bog‘liq tashkiliy ishlar amalga oshirildi. Xususan, 2 ta joyda elektrobusni quvvatlash shaxobchalari o‘rnatildi.

Yaqin kunlarda elektrobusni qisqa masofali yo‘nalishlardan biriga biriktirish rejelashtirilmoqda.

Maxsus komissiya ushbu elektrobus bilan bog‘liq barcha holatlarni to‘liq o‘rganib chiqadi. Xususan, O‘zbekistonning issiq iqlimida elektrobusning harakatlanish imkoniyatlari, yo‘lovchilar sog‘ligiga uning ta'siri va boshqa jihatlar atroflicha tahlil qilinadi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech