25 Fevral 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,8 °C

Salomatlik
27 Yanvar  2020 1185

Toshkentda elektron tibbiyot tizimini joriy qilish masalalari muhokama etildi

Toshkent shahar hokimi IHMG ta'sischisi Do‘g‘ru Savash bilan uchrashdi. O‘zaro muloqot davomida Toshkent shahridagi sog‘liqni saqlash muassasalarida elektron tibbiyot tizimini joriy etish masalasi muhokama etildi.

IHMG ta’sischisi Do‘g‘ru Savashning ma’lum qilishicha, bugungi kunda Turkiyadagi barcha davlat va nodalat sog‘liqni saqlash muassasalarida elektron tibbiyot tizimi amalga kiritilgan. Buning uchun maxsus dasturiy ta'minot yaratilgan bo‘lib, unda sog‘liqni saqlashga oid barcha tizimlarning faoliyati, o‘zaro aloqadorligi, hatto tibbiy sug‘urta ham inobatga olingan. Uni joriy qilishning afzalliklari ko‘p. Xususan, bu aholi jon boshiga qancha va qaysi ixtisoslikdagi tibbiyot muassasalari zarurligi, bugungi kunda qanday kasalliklar ko‘rsatkichi yuqori ekanligi, dorilarga bo‘lgan talab va ehtiyoj kabi qator masalalarda aniq statistika yuritish va shundan kelib chiqib, ishni tashkil etish, tibbiyotning ma’lum yo‘nalishlarini rivojlantirish kerakligi borasida xulosa qilish imkonini beradi.

Uchrashuvda elektron tibbiyotni joriy etish va rivojlantirish zarurati, buning uchun talab etiladigan chora-tadbirlar atroflicha muhokama qilindi.

Jahongir Artikxodjaev IHMG ta’sischisi Do‘g‘ru Savashga poytaxtimiz aholisi soni hamda ularning tibbiyot yo‘nalishidagi murojaatlaridan kelib chiqqan holda shahrimiz uchun qancha davolash-profilaktika, tahlil va tashhis muassasalari kerakligi borasida ma'lumot tayyorlashni taklif qildi. Tomonlarning bu yo‘nalishdagi fikr va tajriba almashinuvi davom etadi, deb xabar beradi poytaxt hokimligi axborot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech