29 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29,5 °C

Mamlakatimizda
10 Mart  2020 2621

Toshkentda Xalqaro yoshlar innovatsion forumi bo‘ladi

O‘zbekistonda ilk bor «World Youth Innovation Forum — 2020» xalqaro yoshlar innovatsion forumini o‘tkaziladi.

Joriy yilning 9-mart kuni Innovatsion rivojlanish vazirligida vazir o‘rinbosari Olimjon To‘ychiev va «evrosiyo injiniring kompaniyasi» (Rossiya Federatsiyasi) prezidenti Muhammad Muhitdinov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv natijalariga ko‘ra tomonlar Innovatsion g‘oyalar haftaligi –

«InnoWeek 2020» doirasida O‘zbekistonda ilk bor «World Youth Innovation Forum — 2020» xalqaro yoshlar innovatsion forumini o‘tkazishda hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi.

O‘zbekistonda «World Youth Innovation Forum – 2020» birinchi xalqaro yoshlar innovatsion forumini o‘tkazishdan maqsad istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun mablag‘ jalb qilish orqali mamlakatda innovatsiya sohasini rag‘batlantirish va faollashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, milliy innovatsiya loyihalarini ekspert qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Xususan, forum doirasida davlat, biznes va innovatsiya sohasi vakillari uchun doimiy platforma yaratiladi.

yevroosiyo injiniring kompaniyasi (EEC Russia) xalqaro injiniring, moliya va ilmiy-texnik institutlarni birlashtiruvchi innovatsiya markazidir. EEC Russia energetika, energetika va resurslarni tejash, qishloq xo‘jaligi, ekologiya va muhandislik sohalarida xalqaro loyihalarni amalga oshiradi, deb xabar beradi Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech