31 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +27,7 °C

Transport
19 Fevral  2020 793

Toshkentda I Xalqaro aviatsiya forumi ish boshladi

19-fevral kuni Toshkent shahridagi «O‘zekspomarkaz» ko‘rgazmalar zalida «Uzbekistan Airports, Aviation&Logistics Forum» Birinchi xalqaro aviatsiya forumiga start berildi.

 

Birinchi xalqaro aviaforumga dunyoning turli mamlakatlaridan 180 ga yaqin kompaniya vakillari tashrif buyurgan. Ular orasida «Boing» va «Jetcraft» (AQSh), «Air Charter Service» (Buyuk Britaniya), «TLD» (Hindiston), «Lufthansa consulting» (Germaniya), «EGIS» (Fransiya), «Kuwait Airways» (Kuvayt), «Air Arabia» va «BGT Events» (BAA) kabi yirik aviakompaniyalar vakillari bor.    

Forumda yurtimiz aviatashuvchilari ham munosib natijalar bilan ishtirok etayapti. So‘nggi uch yilda respublikamizga qatnovlarni amalga oshiruvchi xorijiy aviakompaniyalar soni 15 tadan 23 taga yetdi. O‘tgan davr mobaynida «IrAero», «FlyDubai», «Zagros Airlines» kabi aviakompaniyalarining mamlakatga yangi yo‘nalishlarda doimiy qatnovlari yo‘lga qo‘yildi, «Zhejang Loong Airlines Co.Ltd.» va «Atlasglobal» aviakompaniyalarining charter reyslari ochildi.

Bundan tashqari Jahon banki mutaxassislari ishtirokida bir qator yirik infratuzilma loyihalari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bunda aviatsiya bozorini liberallashtirish va sohada zamonaviy boshqaruv usullarini joriy etishga qaratilgan aviatsiya sohasini rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqish ko‘zda tutilgan. Bularning amalga oshishi natijasida Samarqand xalqaro aeroportining o‘tkazuvchanlik qobiliyati soatiga 500 nafar yo‘lovchidan 1500 nafarga ko‘tarilishi, Toshkent aeroportining yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish qobiliyati yiliga 4 milliondan 7 millionga ortishi, umumiy qatnovlar sonining 2-3 baravarga ortishi kutiladi. Bunda  «Termiz» xalqaro aeroportida qurilish, «Andijon» aeroportida rekonstruksiya ishlarining amalga oshishi ham inobatga olingan, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech