22 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7 °C

Sport
31 Iyul  2019 571

Toshkentda taekvondo bo‘yicha Jahon chempionati o‘tkaziladi

Toshkent kadetlar orasida taekvondo bo‘yicha Jahon chempionatini qabul qiladi, deb xabar tarqatdi GoSport.uz internet-nashri.

Ma'lum bo‘lishicha, mazkur musobaqa 7-10-avgust kunlari “Universal” sport saroyida bo‘lib o‘tadi.

Musobaqada dunyoning 67 mamlakatidan kelgan 850 dan ortiq sportchi va murabbiy ishtirok etadi, ular 1-avgustdan 4-avgustga qadar Toshkentga yetib kelishadi.

O‘zbekiston sharafini turli vazn toifalarida 20 nafar sportchi himoya qiladi.

Ochilish marosimi 7-avgust kuni soat 17.00 da “Universal” sport saroyida bo‘lib o‘tadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech