15 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +14,6 °C

Mamlakatimizda
4 Noyabr  2019 659

Toshkentda kredit olib berishni vada qilib, 30 ming AQSh dollari so‘ragan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan «L.M.S» MChJ rahbari S.A.ning murojaatiga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbirda undan kridit olib berish evaziga pora talab qilgan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar qiladi bosh prokuratura matbuot xizmati.

Ma'lum qilinishicha, «F.R» MChJ rahbari D.I. fuqaro S.A.ning ishonchiga kirib, unga ATB «Ipotekabank»ning hududiy filiallaridan birining mansabdor shaxslarini moddiy manfaatdor qilish orqali 1,3 mln. yevro miqdoridagi kredit mablag‘lari ajratilishida amaliy yordam berishni va'da qilib, ushbu xizmati evaziga undan 30 ming AQSh dollarini so‘ragan va pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan D.I. va boshqalarga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech