07 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6,1 °C

Sport
31 May  2019 978

Toshkentda Xalqaro velosipedchilar kuniga bag‘ishlab velomarafon o‘tkaziladi

3-iyun –Xalqaro velosipedchilar kuni munosabati bilan O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi tomonidan 2-iyun kuni poytaxtimizda velomarafon o‘tkaziladi va unda respublikamizning barcha fuqarolari va mehmonlari ishtirok etishi mumkin, deb xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.

Velopoyga Toshkent shahrining markaziy ko‘chalarida bo‘lib o‘tadi. Yo‘nalish “Beshyog‘och”, “Furqat”, “Islom Karimov”, “Sharof Rashidov” va “Afrosiyob” ko‘chalari bo‘ylab belgilangan bo‘lib, poyga davomida ushbu ko‘chalarda transport qatnovi vaqtincha to‘xtatiladi.

Yo‘nalishning umumiy masofasi 5 kilmetrni tashkil etadi. Poyga 2-iyun kuni soat 10:00 da “Humo arena” sport kompleksi oldida boshlanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech