18 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15 °C

Yashil sayyora
22 Fevral  2019 2080

Toshkentda “Yashil tasma” loyihasi, halqa yo‘li bo‘ylab yaproqli va archali daraxtlar ekiladi

Toshkent shahar hokimligining megapolisni ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha so‘nggi tashabbusidan biri “Yashil tasma” loyihasi bo‘lib, uni shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda amalga oshirish rejalashtirilgan. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

 

Yashil tasma Toshkent halqa yo‘li bo‘ylab amalga oshirilib, 20 fevraldan 20 aprelga qadar va 20 oktyabrdan 20 dekabrgacha bo‘lgan muddatda mahalliy iqlimga va kamsuvlikka moslashgan tez o‘suvchi yaproqli va archali daraxtlarning ekilishi ko‘zda tutilgan.

Toshkent landshaftini boyitish va iqlim sharoitlariga mos keluvchi nufuzli daraxt turlarini o‘stirish bilan O‘zbekiston Fanlar akademiyasining botanika bog‘i, o‘rmon xo‘jaligi mutaxassislari va xususiy tadbirkorlar shug‘ullanmoqda. Хususan, poytaxtdagi “Manzarali bog‘dorchilik va gulchilik” korxonasi poytaxtning ko‘plab bog‘ hududlarini bezab turgan noyob manzarali daraxtlar, gullar va butalarni ko‘paytirish bilan shug‘ullanadi. Korxona mutaxassislari tomonidan qrim qarag‘ayi, lola daraxti, hind nastarini kabi daraxtlar bizning iqlimga moslashtirilgan. Bundan tashqari, 28 ta eng kamyob va noyob o‘simlik turi davlat tomonidan qo‘riqlanadi. Ularning o‘sishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilib, hozirda o‘simliklar yetarli o‘lchamlarga ega bo‘lgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech