
Mamlakatimizda
14
Avgust 2019
611
22-24-avgust kunlari Toshkentda yoshlar sayli bo‘lib o‘tadi
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 28 yillik tantanalariga sanoqli kunlar qoldi. Shu munosabat bilan Toshkent shahar hokimligi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent shahar kengashi tomonidan “Milliy qadriyatlar – poytaxt yoshlari nigohida” nomli yoshlar sayli bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda hokimlik matbuot xizmati.
Mazkur tadbir 22-24-avgust kunlari Toshkentdagi eng gavjum hududlardan biri bo‘lgan Sayilgoh ko‘chasida o‘tkaziladi.
Yoshlar saylida yurtimiz va shahrimiz tarixiga oid ko‘rgazmali vositalar, milliy liboslar va hunarmandchilik buyumlari namoyishi hamda boshqa tadbirlar tashshkil etilmoqda.
Shuningdek, 22-avgust kuni Sayilgoh ko‘chasida “Ijod zavqi” nomli karnay-surnay festivali ham bo‘lib o‘tadi.