09 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,3 °C

Urbanizatsiya
12 Fevral  2019 2085

Toshkentning eng mashhur mehmonxonalaridan biri sotuvga qo‘yildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining ma’lum qilishicha, “O‘zbekiston” mehmonxonasi kompleksini sotish bo‘yicha ochiq tanlov savdolari o‘tkazilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar tarqatdi. 

“O‘zbekiston” mehmonxonasi Toshkentning eng mashhur mehmonxonalaridan biri. U 1974-yilda, shaharning qoq markazida qurilgan. Mehmonxona oynalaridan Amir Temur xiyoboni ko‘rinib turadi. Ko‘p qavatli mehmonxona yer qimirlashiga chidamli bo‘lishi uchun yarim aylana shaklida loyihalashtirilgan. Mehmonxonaning arxitekturasi o‘zida zamonaviy, yevropa uslublarining milliylik bilan uyg‘unligini mujassamlashtiradi. Bu yerda yevropa standarlariga to‘liq rioya etilgan holda, ammo sharq an'analarini unutmagan holda xizmatlar ko‘rsatiladi.

Ma’lum qilinishicha, tanlov predmetining boshlang‘ich bahosi 33 million AQSh dollari etib belgilangan. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech