26 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,3 °C

Sanoat
10 Mart  2020 1167

Toshko‘mir qazib chiqarish va yetkazib berishda «Sharg‘unko‘mir» AJ tajribasi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan Pokiston Respublikasiga toshko‘mir yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi.

Shu kunlarda «Sharg‘unko‘mir»AJ va «Boysunko‘mir» MChJ tashkilotlarida qazib chiqarilgan qariyib 300 tonna toshko‘mir Surxondaryo viloyati Darband temir yo‘l stansiyasidan Pokiston Respublikasiga dastlabki sinov tariqasida foydalanish uchun yuborildi.

Hozirgi kunda«Sharg‘unko‘mir» AJ tomonidan «SSKOM», «SSSS’HMO», «SSSS’H» va «TR» markali yuqori kaloriyali toshko‘mir qazib chiqarilmoqda.

Qayd etish kerakki, 2018-yildan hozirgi kunga kelib korxona tomonidan tosh ko‘mir qazib chiqarish hajmi muttasil oshishi, yer osti usuli bilan ko‘mir qazib olish ishlari jadallashtirilayotganligi kuzatilmoqda, deb xabar beradi «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech