10 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9,3 °C

Transport
10 Oktyabr  2019 550

“Toshshahartransxizmat” AJ soxta guvohnomalar ko‘payganidan nolimoqda

“Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan talabalar uchun chiqariladigan oylik yo‘l chiptalariga talab yuqoriligi o‘z-o‘zidan tushunarli. Shuni inobatga olgan holda jamiyat tomonidan o‘tgan yillar va oylarda talabdan tashqari qo‘shimcha ravishda ham oylik chiptalarni savdoga chiqarib kelingan. Aksariyat hollarda savdoga chiqqan chiptalarning hammasi ham sotilmagan. 

Jamiyat matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, joriy yilning oktyabr oyi uchun mo‘ljallangan oylik yo‘l chiptalari sotuvga chiqqanda talabalar uchun mo‘ljallangan “T” hamda “TM” seriyali chiptalar darhol sotilib ketgan. Hatto bu seriyadagi chiptalarni qayta-qayta so‘rab keluvchilar soni ko‘paygan.

“Toshshahartransxizmat” AJ ning nazorati guruhlari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlarda talabalar o‘rtasida oylik yo‘l chiptalariga talab ortishiga bir qator omillar sabab bo‘layotgani ma'lum bo‘ldi.

Xususan, talabalikni tasdiqlovchi hujjatlarni soxtalashtirish evaziga oylik chiptadan foydalanish holatlari uchramoqda. Ya'ni, hyech qaerda ta'lim olmasada talabalik guvohnomasini biror ta'lim muassasasidan qo‘lga kiritganlik yoki bunday rasmiy hujjatlarni tegishli tartibda rasmiylashtirmaganlik, oylik yo‘l chiptalarini soxtalashtirganlik holatlari aniqlanmoqda.

Afsuski, bunday yo‘lovchilarga chora ko‘rish yoki jarimaga tortish qonunan “Toshshahartransxizmat” AJ vakolatiga kirmaydi. 

Shu bois ham mutasaddi tashkilotlardan ushbu masalada nazoratni kuchaytirib, tegishli choralar ko‘rishlarini istardik. Qolaversa, poytaxtimizdagi barcha ta'lim muassasalari mutasaddilaridan bunday soxta hujjatlar tayyorlanishiga yo‘l qo‘ymasliklarini so‘rab qolardik, deyiladi jamiyat xabarida.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech