08 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +4,8 °C

Transport
12 Noyabr  2019 493

“Toshshahartransxizmat”: shoh bekatlar avtoturargoh emas

Oraliq va shohbekatlar hududida yengil avtomobillarning nazoratsiz qoldirilishi avtobuslarning harakatida jiddiy muammolarga sabab bo‘lyapti, deya ma'lum qiladi “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati.

Xususan, “Toshshahartransxizmat” AJ tasarrufidagi yo‘nalishlar bo‘yicha “Toshkent univermagi” shohbekatiga kiruvchi avtobus haydovchilari anchadan buyon ushbu muammodan aziyat chekmoqda.

Shohbekat hududi yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan qanchalik nazorat qilinmasin vaziyat kun sayin og‘irlashib bormoqda. Avtobuslar shohbekatga kirolmay vaqt yo‘qotishiga, oraliq intervallarning uzayib ketishiga olib kelyapti.

Masalan, joriy yil 12 noyabr kuni taxminan 14:00 atrofida jamiyat harakat xavfsizligi bo‘limi xodimlari ushbu shohbekat hududida yengil avtomobillarning avtobuslar harakatiga halaqit berayotgani, muammoni bartaraf etishga yordam berishlarini so‘rab yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga murojaat qildilar. Inspektorlar qisqa muddatda bu yerdagi sun'iy tirbandlikni tarqatib ketishdi. Ammo oradan 10 daqiqa o‘tmay yana “eski hammom eski tos” shohbekat xususiy yengil avtomobillarning turar joyiga aylanib ulgurdi.

Yuzaga kelayotgan ana shunday vaziyatni inobatga olib, “Toshshahartransxizmat” AJ rahbariyati barcha yengil avtomobil egalarini ogohlantiradi. Bundan buyon oraliq va shohbekatlarda qarovsiz qoldirilgan va avtobuslar harakatiga halaqit berayotgan transport vositalari mutasaddilar tomonidan suratga olinib, yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga taqdim etiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech