31 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29,6 °C

Voqea-hodisalar
7 May  2020 1060

Xuddi oʻsha infeksiya sayyoramiz boʻylab

Islandiyada koronavirus epidemiyasi haqiqatdan bartaraf etildi, mamlakatda infeksiya yuqtirganlarning 97 foizi sogʻaydi.

Yevropa komissiyasi chorshanba kuni Yevropa iqtisodiyoti joriy yilda 7,4 foizga qisqarishini koʻrsatuvchi prognozni eʼlon qildi.

Rasmiy vakil Yevropa Ittifoqi rezidentlariga “Yevropa Ittifoqi tarixida eng chuqur iqtisodiy inqiroz” kutilayotganini maʼlum qildi .

BMTga virus tufayli kelib chiqqan global gumanitar falokatning oldini olishi uchun prognoz qilingandan koʻra 3 barobar koʻproq mablagʻ zarur. Qashshoq davlatlarda pademiyaning avjiga chiqishi hali 3-6 oydan soʻng boshlanadi, deyilmoqda bayonotda .

Germaniya kansleri Angela Merkel chorshanba kuni “Bundesliga” — futbol boʻyicha mamlakat chempionati 15-maydan oʻyinlarni tiklashi mumkinligini maʼlum qildi. Faqat barcha qoidalarga qatʼiy rioya qilish, jumladanstadionlarboʻsh boʻlishi va oʻyinchilarni haftasiga 2-marta test tekshiruvidan oʻtkazilishi kerak.

Belarus Tashqi ishlar vazirligi mamlakatda koronavirus bilan bogʻliq vaziyat toʻgʻrisidagi efirdan soʻng “Birinchi kanal” tasvirga olish guruhi akkreditatsiyasini bekor qildi. “Belarus 1” davlat telekanalida uzatilgan bayonotga koʻra, Minsk fuqarolarini axboriy himoya qilish uchunyanada qattiqroq choralarni koʻrishga tayyor.

Yevropa Ittifoqi karantin choralari yengillashtirilgani bois, Fransiya va Italiyada bemorlarni hamda mobil qurilmalar yordamida ular bilan aloqada boʻlganlarni kuzatishni rejalashtirishmoqda.

Kolumbiya hukumati karantinni 25-mayga qadar uzaytirdi. Bunda 11-maydan boshlab mamlkatda sanoat korxonalari faoliyati tiklanadi, shuningdek, 6 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan bolalarga koʻchaga haftada uch kun yarim soatdan chiqishga ruxsat beriladi.

Braziliya Prezidentining matbuot kotibi Jair Bolsonaroda koronavirus aniqlandi.

Yangi Zelandiya hukumati keyingi haftadan karantin tadbirlarini yengillashtiradi, restoran va sartaroshxonalarning faoliyati qisman tiklanadi, shuningdek, bir vaqtda 100 tagacha odam toʻplanishiga ruxsat beriladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech