06 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,5 °C

Salomatlik
13 May  2020 419

Toyloqlik fuqaro vafot etdi

Camarqandda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor oʻtkir nafas va yurak qon -tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

Toyloqlik fuqaro shu yilning 9-may kuni burnidan qon ketishi va umumiy ahvoli ogʻirligi kuzatilganligi sababli Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand viloyat filiali reanimatsiya boʻlimiga yotqizilgan.Oʻtkazilgan diagnostik tahlillardan soʻng bemordaCOVID-19infeksiyasi ham aniqlangan.

Ushbu bemor (erkak) surunkali buyrak yetishmovchiligi va anemiya ogʻir darajasi tashxisi bilan dispanser nazoratida boʻlgan. Unga ikkinchi guruh nogironlik ham belgilangan. Shu yilning 28-aprelidan 5-mayigacha u yuqorida keltirilgan tashxis bilan tibbiyot muassasasida davolangan, muntazam rejali dializ seanslarini olib kelgan. Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli mamlakatimizdagi nufuzli mutaxassislar bilan birga xorijlik shifokorlar tomonidan ham bir necha bor konsiliumlar oʻtkazilib, nazoratga olingan.

Biroq mutaxassislarning standartlar asosida oʻtkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech