14 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,9 °C

Xavfsizlik
26 May  2020 662

Boshqaruvni yoʻqotish oʻlimga olib keldi

Samarqand viloyati Ishtixon tumani “Azamat” mahallasi Nurobod qishlogʻida “Matiz” rusumli avtomashinasi Xatirchi kanaliga tushib ketgan.

2020-yil 24-may soat 18:00 da 39 yoshli haydovchining oʻz boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomashinasi boshqaruvini yoʻqotishi oqibatida, avtomashina qishloq hududidan oʻtuvchi Xatirchi kanalining kichik irmogʻiga tushib ketib, yoʻl-transport hodisasi sodir etilgan.

Natijada avtomashinada boʻlgan 39 yoshli yoʻlovchi suvga tushib ketib vafot etganligi aniqlangan. Uning murdasi hodisa joydan suv oqimi boʻyicha 430 metr uzoqlikda kanalning kichik irmogʻining suv oqimidan topilgan.

Holat yuzasidan Ishtixon tuman IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam oʻlimiga sabab boʻlgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi IIV Tergov departamenti.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech