05 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31,2 °C

Dolzarb
29 Mart  2020 559

Tramp Nyu-Yorkda karantin joriy qilinishi mumkinligini maʼlum qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp shanba kuni mamlakatning qator shtatlari, jumladan, Nyu-Yorkda ham fuqarolarning harakatini cheklashni nazarda tutadigankarantin eʼlon qilish ehtimoli borligini maʼlum qildi.

 “Biz baʼzi narsalar haqida bosh qotiryapmiz… AyrimlarNyu-Yorkni karantinda koʻrishni istashmoqda. Ehtimol, Nyu-Jersi, ehtimol, yana ikkita boshqa shtatlar. Balki, qisman Konnektikut karantinda boʻlar. Men hozirdanoq shu haqda oʻylayapman. Balki, shunday qilarmiz, balki yoʻq”, - dedi u jurnalistlarga.

Oq uy rahbarining qoʻshimcha qilishicha, gap ikki haftalik karantin haqida bormoqda. Uning aytishicha, Nyu-Yorkning ayrim odamlari Floridaga joʻnab ketishga urinmoqda, pandemiya sharoitida bunga aslo yoʻl qoʻyib boʻlmaydi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech