12 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +0,5 °C

Moliya
10 May  2019 1490

Tramp investorlarni qo‘rqitib yuborgan tvitni e'lon qildi

AQSh prezidenti Twitterda Xitoydan keltirilayotgan tovarlarga bojni 10 foizdan 25 foizgacha oshirish bilan tahdid qilgan postini e'lon qildi.

Natijada, global aksiyalar bozorining kapitallashuvi $ 1.36 trillionga kamaydi va Xitoy fond indekslarida so‘nggi uch yil ichidagi maksimal kunlik pasayish kuzatildi.

Trampning tviti jahon qimmatli qog‘ozlar bozoriga katta zarba berdi, deya xabar beradi Bloomberg.

«Oanda Asia Pacific»ning bozorlar bosh tahlilchisi ham buning natijasida investorlarning ehtiyot shart o‘z portfellarini bo‘shatishayotganini ma'lum qilgan. Biroq Ample Capital aktivlarni boshqarish departamenti rahbari Aleks Vongning ta'kidlashicha, o‘tgan yilga nisbatan vaziyat sezilarli darajada o‘zgargan, ammo «AQSh bilan Xitoy kelishuvga erisha olmasa ham bozor juda katta jabr ko‘rmaydi».

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech